Faxriddin Umarov - Gul yuzing qo'shiq matni, lyrics

Faxriddin Umarov

Gul yuzing

Gul yuzing ul balqigan, dil etdi shod,
Shu’lasi yondirdi bag`rim, dil kabob.
Ko`p qiyos etdim jamoling safsarin, {x2}
Unda nur sochgan jahonga oftob.

Lablaring chashmai obi-hayot,
Bilmadim, mast qildi ichgandek gulob.
Qo`rqaman to`lg`onsa ikki kokiling,
Pardadek husningga bo`lmasmu niqob.

Qo`rqaman to`lg`onsa ikki kokiling,
Pardadek husningga bo`lmasmu niqob.

Labda yongan dona holingni ko`rib,
So`ylasin oshiqlaring qo`lda rubob.
Tebratib Ma’ruf qalam, arz ayladi,
Kel, yozaylik chin muhabbatdan kitob.

Tebratib Ma’ruf qalam, arz ayladi,
Kel, yozaylik chin muhabbatdan kitob.

Gul yuzing ul balqigan dil etdi shod,
Shu’lasi yondirdi bag`rim, dil kabob.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Gul yuzing
Xonanda:
Faxriddin Umarov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 4, 2019