Faxriddin Umarov - Intizoring qo'shiq matni, lyrics

Faxriddin Umarov

Intizoring

Ey parivash, yo`llaringga
Intizoring menmidim? (x2)
Sochga oq tushganda dil bergan
Nigorim senmiding?

Hech kima aytolmayin,
Pokiza ko`ngil sevgisin, (x2)
Uyqusiz tunlarda, dilbar,
Menga zorim senmiding?
Senga zoring menmidim?

Hislaring nozik ekan,
Orasta gul yaprog`idek. (x2)
Qirq bahorim o`tsa hamki, {x2}
Navbahorim senmiding?
Oromijonim senmiding?

Subhidamda, ey sanam,
Dil rozini Yahyoga ayt. (x2)
Yo`llarim etguvchi ravshan,
Zulxumorim senmiding? (x2)

Qirq bahorim o`tsa hamki,
Navbahorim senmiding?
Sochga oq tushganda dil bergan
Nigorim senmiding?

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Intizoring
Xonanda:
Faxriddin Umarov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 11, 2018