Faxriddin Umarov - Meni yod et qo'shiq matni, lyrics

Faxriddin Umarov

Meni yod et

Qaro ko`zli ey gul diydor,
Bahor chog`i meni yod et. (x2)
Xiyobonda kezar bo`lsang,
Nahor chog`i meni yod et. (x2)

Qaro ko`zli so`lim dildor,
Senga aylay sirim oshkor. (x2)
O`tar bo`lsa kechang bedor,
Sahar chog`i meni yod et. (x2)

Qaro ko`zli vafoli yor,
Ajab hilqat chamanzor bor. (x2)
Ko`zing tushsa, etar bemor,
Xumor chog`i meni yod et. (x2)

Qaro ko`zli go`zal dildor,
Sahar chog`i meni yod et.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Meni yod et
Xonanda:
Faxriddin Umarov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 16, 2018