Erka ohu, erka ohu, maylimi bir erkalasam,
Majnun bo`lib, sahrolarga yetaklasam? (x2)

Bu dunyoda birday g`arib sen ham, men ham, {x2}
Erka ohu, erka ohu, maylimi bir erkalasam?

Shamol emas, izing quvib yurdi kamon, {x2}
Sayyod mening bag`rim ham ayladi qon.

Sening joning, mening jonim – omonat jon, {x2}
Erka ohu, erka ohu, mayli bir erkalasam, oh,
Majnun bo`lib, sahrolara yetaklasam.

Sening ko`zing qaro, mening ko`zim qaro,
Sening bag`ring yaro, mening bag`rim yaro.

Sening joning, mening jonim – omonat jon, {x2}
Erka ohu, erka ohu, mayli bir erkalasam,
Majnun bo`lib, sahrolara yetaklasam.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ohu
Xonanda:
Faxriddin Umarov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 11, 2018