Faxriddin Umarov - Orzu armonim qo'shiq matni, lyrics

Faxriddin Umarov

Orzu armonim

Dilingga bo`lurmu dilim birligi, {x2}
So`zingga bo`lurmu tilim birligi?
Shu birlik ko`nglimga olam sirligi,
Yor vasli hamisha orzu-armonim. {x2}

Sen sevgan gullarni tutarman aziz,
Sen kutgan kunlarni kutarman aziz.
Yor aziz etganni etaman aziz,
Shu erur qo`shig`im, shudir dostonim. {x2}

Sening do`stlaringdur mening do`stlarim,
Do`stlarim ko`paysa – tilagim manim. (x2)
Do`st bilan charog`on bog`u-chamanim,
Yor bilan yashnagay ko`ngil bo`stonim. {x2}

Seni yaxshi desalar, parvoz etarman,
Yaxshi deganlarni e’zoz etarman.
Yaxshilar qo`shig`in ovoz etarman,
Yaxshilik men uchun bog`i-jahonim. {x2}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Orzu armonim
Xonanda:
Faxriddin Umarov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 27, 2018