Seni men quyoshga aylarman taqqos, {x2}
Quyoshdek mehring bor, harorating bor.

Goh oyga o`xshaysan, oy yuzli dildor,
Goh kuyish, goh so`nish, xo`b odobing bor. (x2)

Seni man lolaga aylarman taqqos –
Loladek labingda tabassuming bor.

Yo nargiz bargidek muattar, hushbo`y,
Dilingda men uchun taraxxuming bor. (x2)

Seni men bahorga aylarman taqqos,
Bahordek go`zalsan, hushyoqishing bor.

Sevdim deb so`z ochsam bahor chog`ida,
Nazokat qilarsan, gul boqishing bor. (x2)

Seni men qalbimga aylarman taqqos,
Qalbimdek pokiza hislatlaring bor. (x2)

Musaffo osmondek toza qalbingda
Insonga muhabbat, izzatlaring bor. (x2)

Insonga muhabbat, izzatlaring bor…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Quyoshga
Xonanda:
Faxriddin Umarov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 26, 2018