Qoshi qaro qunduzmisan?
Ko`zi yonar yulduzmisan?
Raftorlaring buncha zebo,
Tongmisan yo kunduzmisan? {x2}

Sahnada gul noz etasan,
Qishni bahor, yoz etasan. (x2)
O`ynab, soching zanjiriga
Ko`nglimni bog`lab ketasan. (x2)

Ohista tashlaysan qadam,
Sho`xlik qilib sen dam-badam. (x2)
Gir aylanib, ming tovlanib,
Asta imo qilding, sanam. (x2)

Raqs etasan jilo bilan,
Nozik hayo, ibo bilan. (x2)
Qiz rozini etding izhor,
Raqsingda ming ma’no bilan.

Dil rozini etding izhor,
Raqsingda ming ma’no bilan. {x2}

Nilufar tutib dasta gul,
San’atingga tahsin o`qir. (x2)
Raqqosa qiz, sho`x o`yna, kul, {x2}
Tomoshabin qilsin huzur.

Raqqosa qiz, sho`x o`yna, kul,
Tomoshabin qilsin huzur. {x2}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Raqqosa
Xonanda:
Faxriddin Umarov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 3, 2018