Fahriddin Umarov - Shudir holatim qo'shiq matni, lyrics

Faxriddin Umarov

Shudir holatim

O`ylab yururman seni,
O`ylamagan paytim ham.
Kuylab yururman seni,
Kuylamagan paytim ham.
So`ylayabman vo ajab,
So`ylamagan paytim ham.

Shudir mening holatim,
Shudir bugun malikam. (x2)

Osmonda oyga boqsam,
Sen oy bo`lib tuyulding.
Yo`limda soyga boqsam,
Sen soy bo`lib quyilding.
Qarshimda toqqa boqsam,
Sen tog` bo`lib tuyulding.

Shudir mening holatim,
Shudir bugun, malikam. (x2)

Mening shikoyatim yo`q,
Olamda yo`q shikoyat.
Seni nihoyat izlab,
Topdim seni nihoyat.
Mening hikoyatim sen,
Boshla o`zing hikoyat.

Shudir mening holatim,
Shudir bugun, malikam. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Shudir holatim
Xonanda:
Faxriddin Umarov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 17, 2018