Ey ko`ngil kel, yorima bergan savolimdan so`ra,
Menga qaytargan javobin aqli lolimdan so`ra.

Bir kuni yorimdan so`rdim: “Qaydin asalning lazzati?”,
Bir kuni yorimga aytdim: “Qaydin asalning lazzati?”,
Dedi: “Ey nodon, bu sirni la’li bolimdan so`ra”. {x2}

“Osmonda oyni yulduz o`psa mumkinmu?”, dedim, {x2}
Bir kulib aydi: “Bu so`zni oy jamolimdan so`ra.” {x2}

Men dedim: “Ko`z tegmasin, husningga man posbon bo`lay”,
Dedi: “Husnim posboni – qora holimdan so`ra.” (x2)

Bu muammolarni bilmoq istasang, bor ey ko`ngil, {x2}
Chustiyga men elchi deb, nozik niholimdan so`ra. {x2}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
So’ra
Xonanda:
Faxriddin Umarov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 2, 2018