Olam ichra kimga yer-u
Kimga osmondir umid. (x2)
Kimga olamdek muqarrar,
Kimga armondir umid.

Kimki sahroni chaman istar,
Umid daryosi bor.
Kim yonar ko`zlar falakni,
Kavkabistondir umid.

Kim yonar ko`zlar falakni,
Yulduzistondir umid.

Men umid o`gloniman,
Oshdim xatarlar tog`ini. (x2)
Otaman endi dovon,
Oshguvchi o`g`londir umid.

Sen umidga banda bo`lma,
Sen umidlar shohi bo`l!
Keksalar der: gohi Rahmon,
Gohi shaytondir umid.

Keksalar der: gohi Rahmon,
Gohi shaytondir umid.

Tongda keldim, bir parivashga
Salomlar yo`lladim.
Shomda borgum, dedi u,
Emdi shahristondir umid.

O`z elidan iftixor
Etsa, jamolga ayb emas, (x2)
O`tsa gar yuz yil jahondan,
O`zbekistondir umid. (x2)

Kimga olamdek muqarrar
Kimga armondir umid.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Umid
Xonanda:
Faxriddin Umarov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 10, 2018