O`z baxtini topgan azamat,
Mehnatsevar, mardona xalqim. (x2)
Senga bo`lgan mehru-muhabbat
Taronasin kuylashdir baxtim. (x2)

Qo`shig`imga sarlavha bo`ldi
Go`zal hayot, porloq taqdiring.
Olov qalbim sevgiga to`ldi,
Maftun etdi tuganmas mehring.

Olov qalbim sevgiga to`ldi,
Maftun etdi tuganmas mehring.

Mohir qo`ling tuzgan chamandan
Gullar terib, tuzdim satrlar.
Dostonimning mazmuni sendan,
Yaratildi, yashar asrlar.

Hammasini oldim o`zingdan,
Sen bo`lmasang, qayda dil tokay?
She’riyatim yoniq so`zingdan
Bahra olar kunduz-u kecha.

Hammasini o`zing yaratding,
Terib oldim sen uchun atab.
Qalbimdagi ishq-muhabbating
O`tay umrim boricha kuylab.

Qalbimdagi ishq-muhabbating
O`tay umrim boricha kuylab.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Xalqim
Xonanda:
Faxriddin Umarov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 16, 2018