Faxriddin Umarov - Yoshliging qo'shiq matni, lyrics

Faxriddin Umarov

Yoshliging

Yoshliging, sho`xliklaring,
Sohibjamol, yodingdami? (x2)
Yurganim soyang kabi
Oshuftahol, yodingdami? (x2)

Kunda atrofingni yuz bor
Aylanib, parvonadek,
Sayrar edim bulbuligo`yo-
Misol, yodingdami?

Sayrar edim bulbuligo`yo-
Misol, yodingdami?

Sen kular erding faqat,
Qalbimga otash to`ldirib.
Necha bor kuydirganing,
Ayt, loaqal yodingdami?

Toqatim toq bo`ldi bir kun,
Boqqa yo`lda qo`ymadim.
Barqaror bo`lgan shu kun,
Ilk visol yodingdammi?

Barqaror bo`lgan shu kungi
Ilk visol yodingdammi?

Aylanib yurdik uzoq,
Gulzor aro qo`l ushlashib.
Sochlaringni to`zg`itib,
Esgan shamol yodingdami?

Xushnido birlikda baxt
Tushdi ilk bora bargdek to`kib.
Ayni shul kunlarni
Qilganmiz xayol, yodingdami?

Ayni shul kunlarni
Qilganmiz xayol, yodingdami?

Yoshliging, sho`xliklaring,
Sohibjamol, yodingdami?
Yurganim soyang kabi
Oshuftahol, yodingdami?

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yoshliging
Xonanda:
Faxriddin Umarov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 16, 2018