Fazo guruhi (Shukur) - O'rtar qo'shiq matni, lyrics

Fazo

O’rtar

Agar oshiqlig`im aytsam, kuyib jon-u jahon o`rtar,
Bu ishq sirrin bayon etsam, taqi ul xonumon o`rtar. (x2)

Kishiga ishq o`tidin zarrai yetsa, bo`lur giryon,
Bo`lub besabr-u betoqat, yuragimni chunon o`rtar. (x2)

Qayu til birla, ey jonon, sening vasfing bayon aylay, (x2)
Dilim lol-u ko`zum giryon, so`ngaklarni nihol o`rtar. (x2)

Bu dard birla xarob bo`ldum, kelib holimni so`rmassan, (x2)
G`amim boshqa, alam boshqa, yuragimni fig`on o`rtar. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
O’rtar
Xonanda:
Fazo
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 12, 2018