Fazo guruhi va Alisher Rahmatullayev - Yuzlaringni burma qo'shiq matni, lyrics

Alisher Rahmatullayev, Fazo

Yuzlaringni burma

Yuzlaringni burma… {x4}

Yuzlaringni burma, yo`llarida turma,
Tun kechalari daydib, mahallasida yurma.
Ko`zimga ko`rinma, uni deb urinma,
Bilib qolsam, oxiri yomon, shuni unutma!

Ikkalamiz “betta”, u esa bir chetda,
Shoshilma, to`polon aniq bo`lar “etta”.
O`zi bitta dona, san unga begona,
Kechalari uni o`ylab, bo`lmagin devona.

Aslini olsa gar, yuragim darbadar,
Kunlari ham, tunlari ham bir uni sog`inar.
O`ziga xos-de, havotiri bosdi,
Bo`sib olgin sal o`pkangni, gaplarimga mos-de.

Bor mana, yor mana va vafodor mana,
Kechalari uni o`ylab, eslarim bedor mani.
Qanaqa “session”, “californication”,
Farqi bormi, farqi yo`qmi, bu muhabbat-ey.

Shuni bil, baribir uni sanga berib qo`ymayman,
Ko`raman har dam, diydoriga to`ymayman.
Zor dilimning man ertasini o`ylayman,
Asabimga tegasan-u foyda qilmayman.

Turmagin “bo`tta”, bekingin tezroq,
Hozir man o`zimni bosib turibman ozroq.
Harakatlaring oxiri bo`lmasin yomon,
U qiz sanga baribir bo`ladi armon.

Yuzlaringni burma, yo`llarida turma,
Tun kechalari daydib, mahallasida yurma.
Ko`zimga ko`rinma, uni deb urinma,
Bilib qolsam, oxiri yomon, shuni unutma!

Ikkalamiz “betta”, u esa bir chetda,
Shoshilma, to`polon aniq bo`lar “etta”.
O`zi bitta dona, san unga begona,
Kechalari uni o`ylab, bo`lmagin devona.

Yuzlaringni burma… {x8}

Hammasi joyida, bir qonun-qoida,
Sevgi uchburchagi yaratgandan ne foyda?
Bolmagin xor-de, bo`laman bedor-de,
Bu urinishlaring aslida hammasi bekor-de.

Baxtingni kut bola va ichingga yut bola,
Hammasi yaxshiligida u qizni unut, bola.
Qanaqa “session”, “californication”,
Farqi bormi, farqi yo`qmi, bu muhabbat-ey.

Yuzlaringni burma, yo`llarida turma,
Tun kechalari daydib, mahallasida yurma.
Ko`zimga ko`rinma, uni deb urinma,
Bilib qolsam, oxiri yomon, shuni unutma!

Ikkalamiz “betta”, u esa bir chetda,
Shoshilma, to`polon aniq bo`lar “etta”.
O`zi bitta dona, san unga begona,
Kechalari uni o`ylab, bo`lmagin devona.

Yuzlaringni burma… {x8}

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yuzlaringni burma
Xonanda:
Alisher Rahmatullayev, Fazo
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 20, 2018