Garchi ipak devoring
Hech kim seni qurgani yo`q.
Ammo ikki dunyoda
Sendan baland qo`rg`on yo`q. (x2)

Kuyov kutgan orziqib
Hayot sendan boshlanar.
Kelayotgan alla-yu,
Bayot sendan boshlanar. (x2)

Qo`sh yuraklar yog`dusi,
O`zing beshak, chimildiq.
Bo`y qizlarning orzusi,
Shohi to`shak, chimildiq. (x2)

Tilagim shu, boylansin
Jon rishtasi joningga.
Yo`lamasin hech bir qiz
Rozi bo`lmay yoningga. (x2)

Kuyov kutgan orziqib
Hayot sendan boshlanar.
Kelayotgan alla-yu,
Bayot sendan boshlanar. (x2)

Qo`sh yuraklar yog`dusi,
O`zing beshak, chimildiq.
Bo`y qizlarning orzusi,
Shohi to`shak, chimildiq. (x2+x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Chimildiq
Xonanda:
Feruza Jumaniyozova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 23, 2019