Feruza Karimova – Muhabbat azob ekan

Feruza Karimova

Muhabbat azob ekan

Sevgi degan yurakka sanchar tikan,
Ishonibman man na qilay,
Muhabbat azob ekan. (x2)
Dardi balo, shifosi yo`q, u bedavo, {x2}
Xayol ichra chiqmas, ammo
Muhabbat azob ekan. {x2}

Azob ekan, azob ekan,
Muhabbat azob ekan.
Ishonibman man na qilay,
Muhabbat azob ekan.

Mangu emas, kuyishingga hech arzimas,
Yoshlikdagi orzu-havas,
Muhabbat azob ekan. (x2)
Ko`zlarni nam aylar, ezib qayg`u-alam, {x2}
Hech unutib bo`lmas ekan,
Muhabbat azob ekan. {x2}

Azob ekan, azob ekan,
Muhabbat azob ekan.
Ishonibman man na qilay,
Muhabbat azob ekan.

Xumoriga vafo qilmay, bedoriga,
Tashlab ketar ozoriga,
Muhabbat azob ekan.
Dog`i hijron, o`rtab borar dilni armon,
Aytganlarim rost begumon –
Muhabbat azob ekan. {x2}

Sevgi degan yurakka sanchar tikan,
Ishonibman man na qilay,
Muhabbat azob ekan. (x2)

Azob ekan, azob ekan,
Muhabbat azob ekan.
Ishonibman man na qilay,
Muhabbat azob ekan. (x2)

Ishonibman man na qilay,
Muhabbat azob ekan.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Muhabbat azob ekan
Xonanda:
Feruza Karimova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 1, 2017