Samimiy kulgan bo`lsam mabodo,
Siz ham samimiy kulsangiz bo`ldi.
Yaxshilik qilgan bo`lsam mabodo,
Onamni duo qilsangiz bo`ldi. (x2)
Yo`llarimga u erta-kech mushtoq,
Meni deb nolon, shodlikdan yiroq.
Yakka-yagonam yashasin uzoq,
Onamni duo qilsangiz bo`ldi.
Yakka-yagonam yashasin uzoq,
Onamni duo qilsangiz bo`ldi. {x2}
Qo`lim yordamga tutsam ozgina,
Yuragim mahzun, dardim rostgina, (x2)
Xizmatim haqqi shu xolosgina –
Onamni duo qilsangiz bo`ldi.
Xizmatim haqqi shu xolosgina –
Onamni duo qilsangiz bo`ldi.
Arigan bo`lsa ozgina dard-g`am,
Berolgan bo`lsam zig`ircha malham,
Poyimga oltin sochmasangiz ham,
Onamni duo qilsangiz bo`ldi.
Poyimga oltin sochmasangiz ham,
Onamni duo qilsangiz bo`ldi.
Xizmatlar qilay ona xalqimga,
Xalqlar ichra bir dona xalqimga. (x2)
Ko`p so`ramayman xizmat haqqimga –
Onamni duo qilsangiz bo`ldi. (x2)
Onamni duo qilsangiz bo`ldi… {x3}
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- April 17, 2019