G'ulomjon Yoqubov - O'sma qo'yibdi qoshiga

G'ulomjon Yoqubov

O’sma qo’yibdi qoshiga

Maftun etar muxlisini,
Sarviravonim o`ynasa.
Xushnud etar el dilini,
Mo`rchamiyonim o`ynasa.

Maftun etar muxlisini,
Sarviravonim o`ynasa.
Xushnud etar el dilini,
G`uncha dahonim o`ynasa.

O`sma qo`yibdi qoshiga,
Do`ppi kiyibdi boshiga. (x2)
Tahsin o`qib, zavq olaman,
Mo`rchamiyonim o`ynasa. (x2)

Havas bilan qarsak urib,
Goh o`tirib, gohi turib,
Raqsining zavqini surib,
Sho`xi zamonim o`ynasa.

Boqsa kulib, band etadi,
Mehriga payvand etadi,
O`zni shakar-qand etadi,
Sho`xi zamonim o`ynasa.

Aqlu hushi raso erur,
Dildagi muddao erur,
San’ati bebaho erur,
Mo`rchamiyonim o`ynasa.

San’ati bebaho erur,
Mo`rchamiyonim o`ynasa.

Tishlari dur, lablari la’l,
So`zlari go`yoki asal,
Xolisi yozmoqda g`azal,
Nuri jahonim o`ynasa.

Xolisi yozmoqda g`azal,
G`uncha dahonim o`ynasa.

O`sma qo`yibdi qoshiga,
Do`ppi kiyibdi boshiga. (x2)
Tahsin o`qib, zavq olaman,
Mo`rchamiyonim o`ynasa. (x2)

Sarviravonim o`ynasa,
Mo`rchamiyonim o`ynasa.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
O’sma qo’yibdi qoshiga
Xonanda:
G'ulomjon Yoqubov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 10, 2015