Mendan olislarda, mendan uzoqda,
Tonglardan yiroqda, kundan yiroqda, (x2)
Meningsiz huvillab qolgan qishloqda
Yo`limga intizor mening onam bor. {x2}

Onam-onam, Onam-onam, Onam bor,
Yo`limga intizor mening onam bor. (x2)

Daryo ko`ngli nedan yaralgan ekan,
Bunchalar teran-u, bunchalar ulkan? (x2)
Xafa bo`lishni ham eplolmaydigan,
Sodda va beozor mening onam bor. {x2}

Onam-onam, Onam-onam, Onam bor,
Yo`limga intizor mening onam bor. (x2)

Qaniydi, shu baxtga yeta olsaydim,
Shu katta sinovdan o`ta olsaydim, (x2)
Onam ko`nglini shod eta olsaydim,
Yo`limga intizor mening onam bor. {x2}

Balki tushlarida meni ko`rgandir,
Kelar deb, nonga sut izlab yurgandir,
Yo`l boshida ilhaq kutib turgandir,
Yo`limga intizor mening onam bor. {x2}

Onam-onam, Onam-onam, Onam bor,
Yo`limga intizor mening onam bor. (x2)

Yo`limga intizor mening onam bor…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Intizor Onam
Xonanda:
Gulsanam Mamazoitova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 14, 2019