Gulsanam Mamazoitova - Kelsa qoshingga qo'shiq matni, lyrics

Gulsanam Mamazoitova

Kelsa qoshingga

Kelsa qoshingga agar kim, hojatin ayla ravo, {x2}
Barchani sen birdayin ko`r, dema u shoh, bu gado. {x2}

Davrada ko`rsatma to`rni zarchoponiga qarab,
Bilmagaysan qay birisin xush ko`rib, suygay Xudo. {x2}

Farqlama insonni bunda mansabu-davlat bilan, {x2}
Bor haloyiq bir libosda, tongda kelganda nido. {x2}

Yaxshilik qilgil avval ota birlan onaga, {x2}
Ham qarindoshdan xabar ol, haqlarin etgil ado.

Har na qilsang qil, ibodat qilg`uchiga qul olim, {x2}
Har namozu-sajdasida ul sani qilgay duo. {x2}

Kelsa qoshingga agar kim, hojatin ayla ravo,
Barchani sen birdayin ko`r, dema u shoh, bu gado. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Kelsa qoshingga
Xonanda:
Gulsanam Mamazoitova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 9, 2018