Uzun-uzun kechalar,
Ma’yus, mahzun kechalar,
Ko’ngil hazin kuy chalar
Sensizligimdan.
Nolam tutunga to’lar,
Olam kukunga to’lar,
Bir kun ming kunga to’lar
Sensizligimdan.
Tun qora, kunduz qora,
Oy, quyosh, yulduz qora,
Vujudim pora-pora
Sensizligimdan. (x2)
Parishon yo’l kutaman,
O’zimni unutaman,
Dardni arang yutaman
Sensizligimdan.
Dardimga sherik qalam,
Qog’oz birga chekar g’am,
Yondirar alam, alam
Sensizligimdan.
Tun qora, kunduz qora,
Oy, quyosh, yulduz qora,
Vujudim pora-pora
Sensizligimdan. (x2)
Jonim azoblar firoq,
Bo’lsam, yor, sendan yiroq,
Za’faron rangim, biroq
Sensizligimdan. (x2)
Tun qora, kunduz qora,
Oy, quyosh, yulduz qora,
Vujudim pora-pora
Sensizligimdan. (x2)
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- February 17, 2015