Bulbuldayinkim faryod etarman,
Ishq daftarini bunyod etarman, (x2)
Ko`ngullarimni men shod etarman,
Yorga yetar kun bormu, yoronlar? {x2}

Ishq ahli keldi, tutdi yoqamdan,
Bag`rimni tilgin paykoni g`amdan. (x2)
Ming dodu-faryod ushbu alamdan,
Yorga yetar kun bormu, yoronlar? {x2}

Shami-firoqing jismimda yondi,
Ko`z yoshim oqib, bag`rimga tomdi. (x2)
G`aflatda qolgan yoring uyg`ondi,
Yorga yetar kun bormu, yoronlar? {x2}

G`aflatda qolgan yoring uyg`ondi,
Yorga yetar kun bormu, yoronlar? {x2}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yoronlar
Xonanda:
Gulsanam Mamazoitova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 16, 2018