Qaytgim keldi onam, yoningga,
Barcha dardu-hasratim boshlab.
Ozor berib shirin joningga,
Dardim aytay ko`zimni yoshlab. {x2}

Chunki bugun ona, sabrning
Kosasi ham dosh berolmadi.
Ko`zim yoshin tutib turgali
Nima qilay, kuchim qolmadi? {x2}

Onajon, seni avaylab-asrab,
Sitamlarim ichimga yutdim.
Yana bir bor turib ber chidab,
Yig`lab olay, ezilib ketdim-ey,
Yig`lab olay, ezilib ketdim.

Onam, meni qaytib olib ket,
Hammasini ketayin tashlab.
Ortimdan zor qolganlarga ham
Ketay mayli, qo`limni siltab. {x2}

Onajon, meni qaytib olib ket
Bolaligim dunyolariga.
Gar ko`nmasang, {x2} unda tashlab ket
Vatanimning sahrolariga.

Yoki ruhsat bergil, bag`ringga
Tiz cho`kkancha boshim qo`yayin.
Yig`lab-yig`lab qalbim bo`shatib,
Qaytib turmay shunday o`layin.
Onajon, meni qaytib olib ket…

Onam, meni qaytib olib ket,
Hammasini ketayin tashlab.
Ortimdan zor qolganlarga ham
Ketay mayli, qo`limni siltab. {x2}

Qaytgim keldi Onam, yoningga,
Qaytgim keldi-yey Onajon, yoningga.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Onajon
Xonanda:
Gulzoda Xudoynazarova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 9, 2018