Alla aytay, jonim bolam,
Quloq solgin, alla.
Shirin allam tinglab, asta
Uxlab qolgin, alla.

Yuzlaringga tomgan suvga
Hayron bo`lma, alla-yo,
Baxtimga sen katta bo`lgin,
Xazon bo`lma, alla.

Baxtimga sen katta bo`lgin,
Xazon bo`lma, alla.

Istiqboling porloq sening,
Jajjiginam, alla-yo.
Baxtimga sen katta bo`lgin,
Xazon bo`lma, alla.

Baxtimga sen katta bo`lgin,
Xazon bo`lma, alla.

Sevganimdan yodgorimsan,
Oltin qo`zim, alla-yo.
Men sho`rlikday to`kilmagin,
Ko`rar ko`zim, alla.

Men sho`rlikday to`kilmagin,
Ko`rar ko`zim, alla.

Alla, alla, alla-yo…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Alla
Xonanda:
Habiba Oxunova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 12, 2018