Habiba Ohunova - Barno yigit qo'shiq matni, lyrics

Habiba Oxunova

Barno yigit

Shirinso`z, barno yigit,
Tilingda boling bormu? (x2)
Tilingda boling bormu?

Shaydolaring buncha ko`p,
Yoki iqboling bormi? (x2)

Ko`nglimni asir etgan
Chiroyli bo`ylaringdur-a. {x2}
Nurdek pokliging yanglig`
Mehnat-u o`ylaringdur. (x2)

Qaldirg`och qanotimas,
Payvasta qoshlaringdur. (x2)
Payvasta qoshlaringdur.

Boqsam, barcha yaxshilar
Yor-u yo`ldoshlaringdur. (x2)

Men ham yor bo`lsam deyman-a,
Vafodor bo`lsam deyman-a. {x2}
Atrofingda bir umr
O`zim aylansam deyman. (x2)

O`zim o`rgilsam deyman…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Barno yigit
Xonanda:
Habiba Oxunova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 16, 2018