Habiba Ohunova - Bilmasang qo'shiq matni, lyrics

Habiba Oxunova

Bilmasang

Ne deyin, sevgingni yor,
Izhor qilishni bilmasang?
Ishq bilan bir oshig`ing,
Bag`rin tilishni bilmasang.

Sevgi senda, dil uyida
Qurdi pinhon gunchadan,
Ne deyin, ul g`unchani
Oshkor etishni bilmasang?

Ishq ahli ham kuldi sendan,
Sevgidan begona deb.
Ne deyin, sevgingning torin
Sayratishni bilmasang?

Dilda yor-u gul diyorim,
Ishqi hamrohim, deding.
Ne deyin, aytib dilingni
Yayratishni bilmasang?

Ey yigit, sevging yashirma,
Ul ko`zingdandir ayon.
Ishq uyatmas, shul uyatki,
Sen sevishni bilmasang!

Ne deyin, sevgingni aytib,
Kuylab O`tkir kabi.
Va’da aylab, ishq bog`iga
Sen kelishni bilmasang.

Dilda yor-u gul diyorim,
Ishqi hamrohim, deding.
Ne deyin, aytib dilingni
Yayratishni bilmasang?

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bilmasang
Xonanda:
Habiba Oxunova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 10, 2018