Ey falak, qilding meni
Ul mehribonimdan judo.
Bulbuli sho`rida yanglig`,
Gulistonimdan judo.

Bulbuli sho`rida yanglig`,
Gulistonimdan judo.

Naylayin, qilding meni
Oxir g`aribi notavon.
Mubtaloi g`am qilib,
Ko`ksimda jonimdan judo.

Umri yanglig` bandalik
Tavqini bo`ynimga solib,
Termulib hayron edim –
Sarviravonimdan judo.

Termulib hayron edim –
Sarviravonimdan judo.

Oh urib, qon yig`lasam,
Ayb aylamang, ey do`stlar.
Men bo`libman to`ti-yu
Shirinzabonimdan judo.

Men bo`libman to`ti-yu
Shirinzabonimdan judo.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Judo
Xonanda:
Habiba Oxunova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 6, 2018