Habiba Ohunova - Ko'ngil qo'shiq matni, lyrics

Habiba Oxunova

Ko’ngil

Habiba Ohunova – Ko’ngil

Yordan mehru-vafoga
Intizordursan, ko`ngil.
Yetsa yuz jabru-jafolar,
Barqarordursan, ko`ngil.

Yetsa yuz jabru-jafolar,
Barqarordursan, ko`ngil.

Dam-badam sanchilsa ham
Ishq-u hijron nashtari,
O`rtanib har lahzalar,
San anga yordursan, ko`ngil.

O`rtanib har lahzalar,
San anga yordursan, ko`ngil.

Yuz chidam, bardosh berdim
Tanai-ag`yoriga.
To muhabbat bor ekan,
Albatta bordursan, ko`ngil.

Ahli dard, aqlirasolar
Oshnolar nazdida.
Ishq ahliga hamisha
Iftixordursan ko`ngil.

Ey Azimiy, bu ko`ngilning
Istagi poklik mudom.
Intilib yor vasliga,
Har lahza zordursan, ko`ngil.

Yordan mehru-vafoga
Intizordursan, ko`ngil.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ko’ngil
Xonanda:
Habiba Oxunova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 21, 2018