Habiba Ohunova - Nayning navosi qo'shiq matni, lyrics

Habiba Oxunova

Nayning navosi

Nayning navosiga jonim tasadduq,
Jonim tasadduq,
Bu jon nadur, balki jahon tasadduq,
Nayning navosiga, yor-a, jonim tasadduq.

Ishqning taronasin kuylasa mag`rur, {x2}
Shaydo bu ko`ngil chunon tasadduq,
Nayning navosiga, yor-a, jonim tasadduq.

Musaffo shu tongday muhabbatim bor,
Sen baxtim, quvonchim, dilga yuqdi xor,
Bitmas boyligim, mangu bahorim, {x2}
Omon bo`l dilim mulkin toshi shohsuvor,
Nayning navosiga, yor-a, jonim tasadduq.

Bitmas boyligim, mangu bahorim, yor-ay,
Omon bo`l dilim mulkin toshi shohsuvor,
Nayning navosiga, yor-a, jonim tasadduq.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Nayning navosi
Xonanda:
Habiba Oxunova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 11, 2018