Habiba Ohunova - Oshnoliging qo'shiq matni, lyrics

Habiba Oxunova

Oshnoliging

Mo`tabar mehrigiyohlik –
Iffati zeboliging,
Guldayin nozik, iboli,
Gul bilan oshnoliging.

Gulga kimi ermas oshiq,
Shuhrati tanholiging.
Go`yoki zukkoliging,
Har gul bilan oshnoliging. {x2}

Gul yoqibdur barcha dilga,
Eng nafis ko`rki bilan.
Mehribon g`oyat baholi,
Dur bilan oshnoliging.

Dur erur dengiz tubi,
Gavhar-u injulari.
Guldayin nozik, iboli,
Har gul bilan oshnoliging. {x2}

Aa-a, jon-ay,
Gul esa yo g`unchamu?
Farzandlari – ko`ngil xushi.
Guldayin nozik, iboli,
Har gul bilan oshnoliging.

Kuyladi baxtin Sanobar,
Tinch zamona bag`rida. (x2)
Baxtiyor, ozod hayotga
Tengqur bilan oshnoliging. (x2)

Tengqur bilan oshnoliging…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Oshnoliging
Xonanda:
Habiba Oxunova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 14, 2018