Habiba Ohunova - So'zlang qo'shiq matni, lyrics

Habiba Oxunova

So’zlang

Keling do`stlar, unib-o`sgan
Qadrdon xonadan so`zlang.
Falak otgan shu gulshandan,
Aziz hamxonadan so`zlang.

Bu ko`rkam xonadon obodligi,
Ko`rki charog`boni.
Padarbuzruk, boshingiz ustida
Parvonadan so`zlang.

Padarbuzruk, boshingiz ustida
Parvonadan so`zlang.

Toliqtirmas qanotingiz,
O`chirmas aslo nomingiz,
O`g`il-qizdek tuganmas davlat-u
Durdonadan so`zlang.

Yorug` oftob bo`lib,
Bu xonadonga nur, hayot bergan,
Bu hur davron-u, bu davron
Eli mardonadan so`zlang.

Keling do`stlar, unib-o`sgan
Qadrdon xonadan so`zlang…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
So’zlang
Xonanda:
Habiba Oxunova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 30, 2018