O`zimdan ko`p sevmadimmi?
Yoki seni aldadimmi?
Xiyonatingla bildim qadrimni,
Og`rir bu jonim.

Kundan kunga sog`inch oralab,
Asta kelar tunda mo`ralab,
Nima qilarding sevgimni o`ynab,
Jonimni qiynab?

Alamingdan to`yib bo`ldim,
Azobingdan to`yib bo`ldim,
Sensizlikka ko`nib bo`ldim,
Ko`nib bo`ldim-ey.

Oh, alam-ey, alam-alam,
Seni sevdim-ey qaydanam.
Oh, alam-ey, alam-alam,
Ozoringdan ko`zda nam. (x2)

Bir kechirdim sevgimni deb,
Hamma ayb o`zimda deb.
Lekin tunlar ichimni yeb,
Yolg`iz qoldim. (x2)

Alamingdan to`yib bo`ldim,
Azobingdan to`yib bo`ldim,
Sensizlikka ko`nib bo`ldim,
Ko`nib bo`ldim-ey.

Oh, alam-ey, alam-alam,
Seni sevdim-a qaydanam.
Oh, alam-ey, alam-alam,
Ozoringdan ko`zda nam. (x2+x1+x2)

Oh, alam-ey, alam-alam…

Ushbu qo`shiq matni uchun Layla Rolaga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Alam
Xonanda:
Hadicha Qurbonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 30, 2018