Hamdam Sobirov - Tentakcham qo'shiq matni, lyrics

Hamdam Sobirov

Tentakcham

Sochingni kesma, labingni bo`yama,
Hamma qaraydida, ko`zi tegadida.
Menga oson tutmada.

Sochlaringni hidlaganlarim qani?
Lablaringga termulganlarim qani?
Bir kunda hammasidan ayirding, ayirding,
Tol tagida bergan va’dalaring qani?

Ko`zmunchog`im mani shaharlik bo`lib ketdi,
Tentakcham mani Toshkentlarga ketdi.
Endi kimga dardimni aytay man?
Sevgining uyi kuysin, qaylarga ketay man? (x2)

Shaharda yurib, o`zingdan ketmada,
Bu chiroy o`tadida, bir kelib ketadida,
Sevgim, boshingga yetmada.

Sochlaringni hidlaganlarim qani?
Foydasi yo`q, insofing ham yo`q sani.
Bir kunda hammasidan ayirding, ayirding,
Tol tagida bergan va’dalaring qani?

Ko`zmunchog`im mani shaharlik bo`lib ketdi,
Tentakcham mani Toshkentlarga ketdi.
Endi kimga dardimni aytay man?
Sevgining uyi kuysin, qaylarga ketay man? (x2)

Jonimga tegdi san haqingdagi gap-so`zlar,
Shaharni kezdi qishloqdan kelib gulyuzlar.
Endi kimdir o`psa agar lablaringning bollaridan,
O`lay agar, voz kechaman qishlog`imning tollaridan.

Ko`zmunchog`im mani shaharlik bo`lib ketdi,
Tentakcham mani Toshkentlarga ketdi.
Endi kimga dardimni aytay man?
Sevgining uyi kuysin, qaylarga ketay man?

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Tentakcham
Xonanda:
Hamdam Sobirov
Muallif:
Xamdam Sobirov
Bastakor:
Xamdam Sobirov
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 10, 2022