Husan - Kutaman

Husan

Kutaman

Bir kun yiqilaman, bir kun turaman,
Onam, peshonada borin ko`raman.
Hali shunday kunlar kelar, bilaman,
Sekingina ko`zim yoshin artaman,
Yo`llarimda yaxshi kunni kutaman.

Sekingina ko`zim yoshin artaman,
Yo`llarimda yaxshi kunni kutaman.

Hasad olovida to`lib yurganlar,
Ortimdan g`iybatim qilib yurganlar,
O`zlarini osmon bilib yurganlar,
Jimgina kuzatib dunyo ishini,
Yo`llarimda yaxshi do`stni kutaman.

Jimgina kuzatib dunyo ishini-ey,
Yo`llarimda yaxshi do`stni kutaman.

Hammasi oldinda, chidagin yurak,
Mening chin do`stim yo`q O`zidan bo`lak.
Shunday kun sen meni qo`llashing kerak,
Har ishning oxirin o`ylab boshida,
Yo`llarimda sevgilimni kutaman.

Har ishning oxirin o`ylab boshida,
Yo`llarimda sevgilimni kutaman.

Bir kun yiqilaman, bir kun turaman,
Onam, peshonada borin ko`raman.
Hali shunday kunlar kelar, bilaman,
Sekingina ko`zim yoshin artaman,
Yo`llarimda yaxshi kunni kutaman.

Sekingina ko`zim yoshin artaman,
Yo`llarimda yaxshi kunni kutaman.
Yo`llarimda sevgilimni kutaman.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Kutaman
Xonanda:
Husan
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 26, 2016