Ilhom Ibrohimov - Andijonlik qo'shiq matni, lyrics

Ilhom Ibrohimov

Andijonlik

Oq bilak oyim Andijonlik,
Tomog`ining tagi marjonlik.
O`ynamaydi, kulmaydi,
Akasining qadrin bilmaydi.
O`ynamaydi, kulmaydi,
Akasining qadrin bilmaydi. (x2)

Arava to`la kelar qizlar,
Yurak qurg`ur qaqshaydi.
Biz tomonga esar yellar,
Umid borga o`xshaydi.

Oq bilak oyim Andijonlik,
Tomog`ining tagi marjonlik.
O`ynamaydi, kulmaydi,
Akasining qadrin bilmaydi.

O`ynamaydi, kulmaydi,
Akasining qadrin bilmaydi.

G`irchillama Qo`qon arava,
Malagimni tashlab o`t.
Shon kerakmas, jon kerakmas,
Tilagimni tashlab o`t.

El so`ragan er yigitman,
Tulpor minsam kishnaydi,
Kelaqol desam, yor nozlanib,
Sochining uchini tishlaydi.

Oq bilak oyim Andijonlik,
Tomog`ining tagi marjonlik.
O`ynamaydi, kulmaydi,
Akasining qadrin bilmaydi.

O`ynamaydi, kulmaydi,
Akasining qadrin bilmaydi.

Soching uchi qizg`aldoq,
Qulog`ingda oybaldoq. (x2)
O`ynamasang, kulmasang,
Uyog`i bo`ladi qandoq?

Oq bilak oyim Andijonlik,
Tomog`ining tagi marjonlik.
O`ynamaydi, kulmaydi,
Akasining qadrin bilmaydi.

O`ynamaydi, kulmaydi,
Akasining qadrin bilmaydi. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Andijonlik
Xonanda:
Ilhom Ibrohimov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 3, 2018