Ro`paramda atirgul,
To`yib unga qaraymi?
Atirguldan a’lo qiz,
Yoki senga qaraymi?

Ro`paramda atirgul,
Yonib turar misli cho`g`.
Lekin u gul bo`lmagay
Sendek suyuk, sendek sho`x.

Mingta gulda sen gulning
Bir qirrang bo`larkanmi,
Vujudimni o`rtagan
G`ulg`ulang bo`larkanmi? (x2)

Ro`paramda atirgul,
To`yib unga qaraymi?
Atirguldan a’lo qiz,
Yoki senga qaraymi?

Ro`paramda atirgul,
Yonib turar misli cho`g`.
Lekin u gul bo`lmagay
Sendek suyuk, sendek sho`x.

Gulzor aro minglab gul,
Tabassum qilar menga.
Lekin zordir bu ko`ngil
Sening tabassumingga.

Gullar hush bo`y olarlar
Sen olgan nafaslardan.
Sensiz mening jon qushim
Chiqquday qafaslardan.

Ro`paramda atirgul,
To`yib unga qaraymi?
Atirguldan a’lo qiz,
Yoki senga qaraymi?

Ro`paramda atirgul,
Yonib turar misli cho`g`.
Lekin u gul bo`lmagay
Sendek suyuk, sendek sho`x.

Suzgin-suzgin ko`zingga
Boqib ko`zim to`ymaydi.
Bu ko`zlaring sarvinoz,
Meni omon qo`ymaydi.

Paydo bo`lsam yo`lingda,
Zinhor malol olmagin.
Visolingga zor etib,
Uvolimga qolmagin.

Ro`paramda atirgul,
To`yib unga qaraymi?
Atirguldan a’lo qiz,
Yoki senga qaraymi?

Ro`paramda atirgul,
Yonib turar misli cho`g`.
Lekin u gul bo`lmagay
Sendek suyuk, sendek sho`x.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Atirgul
Xonanda:
Ilhom Ibrohimov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 27, 2019