Ilhom Ibrohimov - Farg'ona yallasi qo'shiq matni, lyrics

Ilhom Ibrohimov

Farg’ona yallasi

Kirmadik biz ko`nglimizning ko`chasiga,
Boqib yerning oydekkina kulchasiga.
Qaramadik jononlarning nechasiga, {x2}
Toshni qo`ying tarozining pallasiga,
Xirom aylang Farg`onaning yallasiga. (x2)

Go`zal bo`lur tog`lar usti qor yoqqanda,
Chaman bo`lur bulbul gulga zor boqqanda. (x2)
Daryo hosil bo`lar soyga soy oqqanda,
Toshni qo`ying tarozining pallasiga,
Xirom aylang Farg`onaning yallasiga.

Toshni qo`ying tarozining pallasiga,
Xirom aylang Farg`onaning yallasiga.

Hammamiz ham so`lim joyni xush ko`ramiz,
So`lim joyda uxlab, yorni tush ko`ramiz. (x2)
Sevgimizga gul-chechakdan uy quramiz,
Toshni qo`ying tarozining pallasiga,
Xirom aylang Farg`onaning yallasiga.

Toshni qo`ying tarozining pallasiga,
Xirom aylang Farg`onaning yallasiga. {x2}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Farg’ona yallasi
Xonanda:
Ilhom Ibrohimov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 26, 2018