Ilhom Ibrohimov - Hayot qo'shig'i qo'shiq matni, lyrics

Ilhom Ibrohimov

Hayot qo’shig’i

Ko`kka uchsang, yerni unutmay uchgin,
Daryo kechsang, sayoz joy topib kechgil.
Davralarda o`ylab ko`rib, so`z ochgil,
Oshing halol bo`lsa, shukr qil, ichgil.

Har kimga ham ochib xasrat daftarin,
To`kma burding, yo`qotmagin hurmating.
Yolg`iz Xudo bilsin sening dardlaring,
O`zgalarga sezdirma tashvishlaring.

Unutma, mard emas hamma ham,
Dardingga sherikmas hamma ham,
O`zidan ortmas hamma ham,
Kunda asqotmas hamma ham.

Ko`kka uchsang, yerni unutmay uchgin,
Daryo kechsang, sayoz joy topib kechgil.
Davralarda o`ylab ko`rib, so`z ochgil,
Oshing halol bo`lsa, shukr qil, ichgil.

Hamyonda pul to`la bo`lsa, qish ham yoz,
Oshnolar ko`p, bisyor, yo`lingga peshvoz.
Toyilmagil, qochadilar chiqarmay ovoz,
Oshnolar ko`p, asl do`stlar oz.

To`qligingda o`rgilib bag`rini ochar,
Yo`qligingda tili zahrini sochar,
Ishing tushsa senga qiladilar noz,
Oshnolar ko`p, asl do`stlar oz.

Ishonmaging hech soxta do`stingga,
Somon tiqmasin bir kun po`stingga,
Maqolni ishlatma hech ham qo`shningga,
Oshnolar ko`p, asl do`stlar oz. (x2)

Menga g`anim yo`q ushbu dunyoda,
Garchi tikansiz emas gulshanim mening.
Men do`stni o`gamdek ko`rdim ziyoda,
Do`stimning do`sti emas – do`stimmas mening.

Og`am jon ber desa, jonimni beray,
Inim – bir qorindan tushganim mening.
Unga tosh otsalar, ko`ksimni tutay,
Inimning do`sti emas – do`stim emas mening.

Vatan Onam kabi yolg`iz suyganim,
Ul mening g`ururim, ul sha’nim mening.
Shu mehrim bir umr qalbga tuyganim,
Elimning dushmani – dushmanim mening. (x2)

Biz kim, ulug` san`at kitobiga
Doston bo`la olgan hofizmiz.
Hayot, taqdir sinoviga
Mardon bo`lgan hofizmiz.

Yo`l axtarib goho ko`cha-ko`yda,
Bir to`y qolib, boshqa bir to`yda,
Bir boshimiz esa ming xil o`yda,
Hayron bo`lgan hofizmiz.

Bormang siz yana har xil hayollarga,
Qiyin bilsangiz, mashhur odamlarga.
Turfa mish-mish, yolg`on gumonlarga
Nishon bo`lgan hofizmiz. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Hayot qo’shig’i
Xonanda:
Ilhom Ibrohimov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 11, 2018