Imron - Ko'rmasam bo'lmas qo'shiq matni, lyrics

Imron

Ko’rmasam bo’lmas

Mana yana seni deya,
Ishq sharobin ichdi bu yurak.
Mana yana nima qilay,
O‘z o‘rnidan ko‘chdi bu yurak.

Ishonaver sendan o‘zga
Hammasidan kechdi bu yurak.
Bu degani unga faqat va toabad
Birgina sen keraksan, sen kerak.

Menga oy kerakmas,
Yulduzlar kerakmas,
Ertaga ham emas,
Seni bugun ko‘rmasam bo‘lmas.

Sensiz kun – kun emas,
Sokin tun – tun emas,
Men endi bildim, bas,
Seni bugun ko‘rmasam bo‘lmas.

Mana yana devonaman,
Sensizlikda ko‘r – holim harob.
Mana yana ichgim keldi
Qo‘llaringdan ishq degan sharob.

Hech kimda yo‘q bu yuzdagi,
Bu ko‘zdagi nurli bu oftob.
Sen men uchun hayotimda bir men bilgan,
Sevgi, degan o‘qilmagan sirli bir kitob.

Menga oy kerakmas,
Yulduzlar kerakmas,
Ertaga ham emas,
Seni bugun ko‘rmasam bo‘lmas.

Sensiz kun – kun emas,
Sokin tun – tun emas,
Men endi bildim, bas,
Seni bugun ko‘rmasam bo‘lmas.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ko’rmasam bo’lmas
Xonanda:
Imron
Muallif:
Tohir Muhammad
Bastakor:
Furqat Bobojonov
Klipmeyker:
Ikrom Ali
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 14, 2021