Kunlar saidi bu ayyom,
Jumaning tarovatidan.
Hafta qaytib bu ayyom,
Jumaning sharofatidan.

Hafta qaytib bu ayyom,
Jumaning sharofatidan.

Havo onamiz shoshmishdur,
Otamiz yerga tushmishdur.
Zaminga hayot qoʻshmishdur
Jumaning sadoqatidan.

Zaminga hayot qoʻshmishdur
Jumaning sadoqatidan.

Yulduzlarda sim kularlar,
Oyu-quyosh zim toʻlarlar. (x2)
Bulbullar-da jim boʻlarlar,
Jumaning tilovatidan. (x2)

Juma-juma, Sayyidul ayyom,
Juma-juma, Hajjil Masokin.
Juma-juma kunlar toji,
Juma – miskinlar haji.

Kunlar bosh egib oʻtarlar,
Tunlar yosh toʻkib oʻtarlar,
Togʻlar tosh toʻkib oʻtarlar
Jumaning salobatidan.

Togʻlar tosh toʻkib oʻtarlar
Jumaning salobatidan.

Koʻzlar boqsa gʻamgin, oʻychan,
Yursak hamki dil sorgʻunchan.
Olti kun koʻngil hotirjam
Jumaning haroratidan.

Olti kun koʻngil hotirjam
Jumaning tarovatidan.

Qish avji ham porlar bahor,
Dillarga toʻlmishdir viqor. (x2)
Ayting, yana ne ulugʻvor
Jumaning ibodatidan? (x2)

Juma-juma, Sayyidul ayyom,
Juma-juma, Hajjil Masokin.
Juma-juma kunlar toji,
Juma – miskinlarning haji. (x2)

Juma-juma kunlar toji,
Juma – miskinlar haji. (x2)

Juma-juma, Sayyidul ayyom,
Juma-juma, Hajjil Masokin.
Juma-juma kunlar toji,
Juma – miskinlar haji. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Juma
Xonanda:
Iqbol Muhammad
Muallif:
Hayrulla Hamidov
Bastakor:
Iqbol Muhammad
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Bilol
Sana:
January 15, 2021