Iqbol Muhammad - Kim tanisa Rasulullohni (S.A.V) qo'shiq matni, lyrics

Iqbol Muhammad

Kim tanisa Rasulullohni (S.A.V)

Farqlash zarur har bir kishiga
Savob ila zarar-gunohni.
Puxta erur biling ishiga,
Kim tanisa Rasulullohni.

Ibodati bir istirohat,
Ko’rmas aslo ruhiy talofat,
Ko’ksin silar haqiqiy rohat,
Kim tanisa Rasulullohni. {x2}

Xulqi go’zal, ilmi bo’lar mo’l,
Chalg’itolmas biror yomon yo’l.
Ayoliga ko’tarmaydi qo’l,
Kim tanisa Rasulullohni.

Birovlarning baxtini buzmas,
Omonatlik ahdini buzmas.
Qarindoshlik rishtasin uzmas,
Kim tanisa Rasulullohni. {x2}

Kimki desa, kim tanisa,
Kimki sevsa Rasulullohni.

Kulib turar g’amgin bo’lsa ham,
Irodasi – metin so’lsa ham.
Donishmanddir farrosh bo’lsa ham,
Kim tanisa Rasulullohni.

Obro’ ila mansab talashmas,
Do’sti bilan markab talashmas,
Mo’min bilan mazhab talashmas,
Kim tanisa Rasulullohni. {x2}

Aslo gina saqlab yurmaydi,
Hasad tomon yuzin burmaydi,
Qo’shnisiga ozor bermaydi,
Kim tanisa Rasulullohni.

Halol yo’lda horib tolmaydi,
O’zgalarning haqqin olmaydi,
Savdo qilsa, alday olmaydi,
Kim tanisa Rasulullohni.

Har dam ilm tomon otlanar,
Miskinlarning ko’nglin shodlatar,
Bolasiga “Yosin” yodlatar,
Kim tanisa Rasulullohni. {x2}

Kimki desa, kim tanisa,
Kimki sevsa Rasulullohni. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Kim tanisa Rasulullohni (S.A.V)
Xonanda:
Iqbol Muhammad
Muallif:
Hasan Yahyo
Bastakor:
Iqbol Muhammad
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Bilol
Sana:
January 6, 2021