Iroda Nosirova - Tanhoginam qo'shiq matni, lyrics

Iroda Nosirova

Tanhoginam

Tanhoginam, bu dunyoda tanhoginam,
Sevgim osmonida yulduzim, yolg`izim sen eding.
Sensiz kunlarim, uyqusiz tunlarim
Vasling yo`qladi ko`zim, sevgilim kelmading. (x2)

Tanhoginam, bu dunyoda tanhoginam,
Armonli bu yurak sog`inadi seni.
Bevafo dunyoda bevafo yor bilan,
Shafqatsiz taqdirim qiynaydi meni.

Tanhoginam, bu dunyoda tanhoginam,
Hijronli bu yurak sog`inadi seni.
Bevafo dunyoda bevafo yor bilan,
Shafqatsiz taqdirim qiynaydi meni.

Dardimni so`ylasam, sevgimni kuylasam,
Sen bilan kezgan sevgi bog`lari,
Biz yurgan yo`llarni qo`msamasmu endi?
Sen ketgan kundan boshlangan hijron,
Armonli sog`inchlar to`xtamasmu endi?

Unutmadim,
Mehr to`la erkalatgan so`zlaringni unutmadim,
Unutmadim qora ko`zlaringni. (x4)

Unutmadim…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Tanhoginam
Xonanda:
Iroda Nosirova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 9, 2018