Isfira - Bema'no qo'shiq matni, lyrics

Isfira

Bema’no

Isfira – Bema’no

Bu tun dod solib yig`lagim keldi,
Sening ko`ksingga bosh qo`yib.
Yuragim bo`g`zimga keldi,
Sensizlikdan to`yib.

Sensiz hayotim bema’no,
Mendan o`tdi yolg`izim, ne xato? (x2)

Senga talpindim har nafas,
Sensiz dunyo bir qafas.
Hech kimsa dardim bilmas,
Yurak yo`qlikka ko`nmas. (x2)

Armonimsan endi bir umr,
Hayot seni ayirdi mendan.
Alamli dunyo bu dunyo,
Mening sevgimga bag`ri tor dunyo.

Sensiz hayotim bema’no,
Mendan o`tdi yolg`izim, ne xato? (x2)

Senga talpindim har nafas,
Sensiz dunyo bir qafas.
Hech kimsa dardim bilmas,
Yurak yo`qlikka ko`nmas. (x2+x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bema’no
Xonanda:
Isfira
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 21, 2018