Isfira - Sensiz baxtliman qo'shiq matni, lyrics

Isfira

Sensiz baxtliman

Negadir bugun
O`tmishimni esladim men beixtiyor.
Qadrim bilmasdan,
Qanchalar bergan eding qalbimga ozor.

So`nggi uchrashuv hali hamon yodimda,
Ko`zimdagi yoshlar.
Lek malham bo`ldi
Dardimga sekin-astalik ila bu yillar.

Mana bugun sensiz bo`lsam ham,
Kunlarim o`tmoqda mening,
Sensiz baxtliman, yuragim urmoqda.
O`tmishim eslasam, afsus qiynamoqda hanuz,
Ko`zlarimga qanday qaraysan,
Kelsak yuzma-yuz? (x2)

Mamnunman,
Bugungi kunimdan men mamnunman.
Baxtliman,
Sensiz bo`lsam-da, baxtliman!

Balki yaxshi bo`lgandir
Sen mendan ketganing.
Balki yaxshi bo`lgandir
Aslingni ko`rsatganing.

Menda u tuyg`u yo`q,
Menda u sevgi yo`q,
Lek yuragimda qolib ketgan dog`.

Mana bugun sensiz bo`lsam ham,
Kunlarim o`tmoqda mening,
Sensiz baxtliman, yuragim urmoqda.
O`tmishim eslasam, afsus qiynamoqda hanuz,
Ko`zlarimga qanday qaraysan,
Kelsak yuzma-yuz? (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sensiz baxtliman
Xonanda:
Isfira
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 18, 2018