Kimdur nohaq keldi, kimdur past keldi,
Kimdur qumursqayu, kimdur xas keldi.
Bari Haqni sotib, haqparast keldi,
Ko’ksimda yuragim cho’g’dur, otajon,
Sizdan boshqa do’stim yo’qdur, otajon.

Ko’rdim zar qoplagan sahrolarini,
Bildim nafs ko’yida adolarini,
Nechun inson bilmas xatolarini?
Dardlarim ko’ksimda o’qdur, otajon,
Sizdan boshqa do’stim yo’qdur, otajon.

Kimdur molingga zor, kim yoringga zor,
Kimdur diling ovlar, dilrozingga zor.
Odam deb topganing ozoringga zor,
Hayotda topganim bir sir, otajon,
Sizdan boshqa do’stim yo’qdur, otajon. {x2}

So’zingiz zarligin keyinroq bildim,
Durligin, gavharligin keyinroq bildim,
Umrimga zargarligin keyinroq bildim,
Siz bor, kam-u ko’stim yo’qdur, otajon,
Sizdan boshqa do’stim yo’qdur, otajon.

Siz kabi yelkadosh, bitta mardim yo’q,
Sizsiz bu dunyoda xasdek qadrim yo’q.
Siz borki, dardim yo’q zarra gardim yo’q,
Qayda bo’lmay, ko’nglim to’qdur, otajon,
Sizdan boshqa do’stim yo’qdur, otajon. {x2}

Dunyo deb gohida cho’kdim g’aflatga,
Yo ba’zan kerildim quruq savlatga,
Goh muhabbat qo’ydi shon-u shuhratga,
Men topgan dunyolar bir pul, otajon,
Sizdan boshqa do’stim yo’qdur, otajon. {x3}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Otajon
Xonanda:
Islomjon Ergashev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
ABDULAZɪZ
Sana:
March 28, 2021