Isroil Saidumarov - Derazalar qarama qarshi qo'shiq matni, lyrics

Isroil Saidumarov

Derazalar qarama-qarshi

Hayot qizg`in, shahar maftunkor,
Baland-baland uylar naqshinkor.
Har bir uyda oshiq ko`ngil bor,
Har bir dilga orzu-umid yor.

Har bir uyda oshiq ko`ngil bor,
Har bir dilga orzu-umid yor.

Derazalar qarama-qarshi,
Qalbim yoqar bir qiz qarashi.
Derazalar qarama-qarshi,
Qalbim yoqar bir qiz qarashi. (x2)

Kim xayolin etgan ekan band,
Nahot didi bizdan ham baland?
Ko`zim ko`zin tutib olgan payt
Ikki tuyg`u bo`lurmi payvand?

Ko`zim ko`zin tutib olgan payt
Ikki tuyg`u bo`lurmi payvand?

Derazalar qarama-qarshi,
Qalbim yoqar bir qiz qarashi.
Derazalar qarama-qarshi,
Qalbim yoqar bir qiz qarashi. (x2)

Tunda oyga qaraydi yolg`iz,
Ko`zim uzmam, menga oydir qiz.
Balki u ham yonar pinhona,
So`zlashishga yo`q hech bahona. (x2)

Derazalar qarama-qarshi,
Qalbim yoqar bir qiz qarashi.
Derazalar qarama-qarshi,
Qalbim yoqar bir qiz qarashi. (x2+x4)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Derazalar qarama-qarshi
Xonanda:
Isroil Saidumarov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 31, 2018