Isroil Saidumarov - Yo'llarga boqdim qo'shiq matni, lyrics

Isroil Saidumarov

Yo’llarga boqdim

Kuydurar jon-u dilim,
Bir go`zal gul-gul yonib.
Asta boqib noz ila,
Sochlari sunbul yonib.

Kel, ey go`zalim,
So`zi asalim.
Sog`inib gul yuzlaringni,
Yo`llarga boqdim. (x2)

Yuzlari gulshanida
Kirdi jon gulzorga ham.
Qo`rqaman rashk aylabon,
Ketmasa sabo gul yonib.

Kel, ey go`zalim,
So`zi asalim.
Sog`inib gul yuzlaringni,
Yo`llarga boqdim. (x2)

Omon, omon,
Sog`inib gul yuzlaringni,
Yo`llarga boqdim.

Kuydurib hajringda, voh,
Ko`p olis ketding yana.
Menday ishq savdosiga
Tushdimi u gul yonib?

Kel, ey go`zalim,
So`zi asalim.
Sog`inib gul yuzlaringni,
Yo`llarga boqdim. (x2)

Omon, omon,
Sog`inib gul yuzlaringni,
Yo`llarga boqdim. (x2+x4)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yo’llarga boqdim
Xonanda:
Isroil Saidumarov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 28, 2018