Jon olurga shoshmasun ikki shahlo ko`zlaring,
Sarfarozi sen bo`lur boli-shirin so`zlaring.
Ul sumanbar ko`ksi-yu ol-u raxshon yuzlaring,
Olam ichra benazir qosh, o`shal qunduzlaring,
Hajr o`tig`a yoqmasin tun bo`lib kunduzlaring.

Ne tarovat baxsh etar nargisi shahlolaring,
Andalibi rashk etar, tinglagach yallolaring.
Yor vaslin tark etar, po`rtana tanholaring,
Qoldi nochor dard ila sevguvchi ra’nolaring.
Hajr o`tig`a yoqmasin tun bo`lib kunduzlaring.

Joo-on,
Baxtdan ishq porlasin, boshingga qo`nsin Xumo,
Badai subhi visol ma’quli subhi sabo.
Etma ko`p sargashta, yangrasin shirin navo,
Mansur-o ishq yo`lida bilmagay kibru-havo.
Man sevurman dambadam, tun bo`lib kunduzlaring,
Hajr o`tig`a tashlama tun bo`lib kunduzlaring.

O, tun bo`lib kunduzlaring,
Jon, hol etib oy yuzlaring.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yuzlaring
Xonanda:
Isroil Saidumarov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 12, 2018