Izzat Shukurov - Xafa bo'lish yo'q qo'shiq matni, lyrics

Izzat Shukurov

Xafa bo’lish yo’q

Xafa bo`lish yo`q…

Balki bu so`zlarimiz kimnidir xafa qiladi,
Ba’zi bir gaplar aytilmasa ham hamma biladi.
Uncha-muncha sirlarni shu ashula ochib beradi,
Xafa bo`lish yo`q, endi xafa bo`lish yo`q.

Shamchiroqning ichida hech qanaqa jin yo`q,
Ochil dasturxon – ertak, xafa bo`lish yo`q.
Hamma osmonda o`zicha yulduz bo`lgisi keladi,
Peshonada bo`lmasa, xafa bo`lish yo`q.

Ashula aytishdan oson ish yo`q,
Ovozi, ijrosi o`xshamasa, xafa bo`lish yo`q.
Osmonda tanish-bilishchilik yo`q,
Qo`ldan kelgani shu, kam bo`lsa, xafa bo`lish yo`q.

Xafa bo`lish yo`q… {x2}

Bitta chiroyli qiz bor, uning ismi Leyla,
Shu darajada go`zal, dugonasi yo`q.
O`zi uchun to`garakda ashula aytib yuradi,
Yulduz bo`lib ketsa, xafa bo`lish yo`q.

Ashula aytishdan oson ish yo`q,
Ovozi, ijrosi o`xshamasa, xafa bo`lish yo`q.
Osmonda tanish-bilishchilik yo`q,
Qo`ldan kelgani shu, kam bo`lsa, xafa bo`lish yo`q. (x2)

Xafa bo`lish yo`q… {x2}
Xafa bo`lish yo`q!

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Xafa bo’lish yo’q
Xonanda:
Izzat Shukurov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
July 4, 2018