Qalbga zardob bo`lib to`lganing alam,
Gohi ochilmasdan so`lganing alam.
Muhabbat, muhabbat hammasidan ham
Sochga oq tushganda kelganing alam.

Kelsang, ketgil debon haydolmaganing,
Ortga qaytay desang, qaytolmaganing,
Armoning hech kimga aytolmaganing,
Buni bitta o`zing bilganing alam. (x2)

Goh xotir, gohi xayolni yo`llab,
Goh yulduz, gohi oy kabi porlab,
Shirin jilmayish-la yoniga chorlab,
Olisdan g`amzalar qilganing alam.

Kelsang, ketgil debon haydolmaganing,
Ortga qaytay desang, qaytolmaganing,
Armoning hech kimga aytolmaganing,
Buni bitta o`zing bilganing alam. (x2)

Qalbga zardob bo`lib to`lganing alam,
Gohi ochilmasdan so`lganing alam.
Muhabbat, muhabbat hammasidan ham
Sochga oq tushganda kelganing alam.

Goh xotir, gohi xayolni yo`llab,
Goh yulduz, gohi oy kabi porlab,
Shirin jilmayish-la yoniga chorlab,
Olisdan g`amzalar qilganing alam. (x2)

Kelsang, ketgil debon haydolmaganing,
Ortga qaytay desang, qaytolmaganing,
Armoning hech kimga aytolmaganing,
Buni bitta o`zing bilganing alam. (x2)

Alam, alam-alam, alam-alam, alam-alam…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Alam
Xonanda:
Jahongir Otajonov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 1, 2019